Superligada hal qiluvchi palla: "Bu o‘yinda durang hech kimga kerak emas. Yutqazsa tamom"

  • 14 oktabr, 2021, 18:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nihoyat, ma’lum tanaffusdan so‘ng, Superliga karvoni yana yo‘lga chiqmoqda. Orada milliy terma jamoamizning Iordaniyada ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qilgani munosabati bilan chempionatimizdagi jamoalarga biroz ta’til berilgandi.

Tecno

Endi yana asosiy e’tibor Superligaga qaratiladi. Chempionat tugab boryapti, hal qiluvchi o‘yinlar arafasida turibmiz.

Ertaga 22-tur bahslariga start beriladi. Yaqin o‘tmishning ko‘zga ko‘ringan sobiq futbolchilaridan biri Vali Keldiev ostonamizdagi o‘yinlar oldidan Sports.uz uchun o‘zining fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

15 oktyabr (juma)

“Nasaf” – “Metallurg”

- O‘yin borasida qaraydigan bo‘lsak, baribir “Nasaf” jamoasida imkoniyat kattaroq. To‘g‘ri, bu – futbol va oldindan bir narsa deyish qiyin. Bilasiz-ku, men bashoratlarga yo‘qman. Lekin, baribir ertangi uchrashuvda “Nasaf”ning g‘alaba qozonish ehtimoli kattaroq. “Metallurg”ning hozirgi vaziyati bilan solishtirganda “Nasaf”ning imkoniyati ancha baland. Imkoniyatlar 70x30 deb o‘ylayman.

met

AGMK – “Mash’al”

- Bu o‘yindagi vaziyat ham xuddi Qarshidagi holat bilan o‘xshash. Albatta, “Mash’al” safarda o‘ynayotganiga qaramay, ularda ham qandaydir miqdorda imkoniyat bor. AGMKning g‘alabasi 70 foiz, deb o‘ylayman. Bu jamoaning o‘yinchilari tajribali. Agar ularning o‘yini chiqsa, har qanday jamoaga qarshi kuchli o‘yin namoyish etadi. Mabodo, o‘yini qovushmay qolsa, pastki o‘rinlardagi raqiblarga qarshi ham qiynalishi mumkin. Baribir AGMKning imkoniyati katta. “Mash’al” ham ochko uchun kurashyapti.

16 oktyabr (shanba)

“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912”

- Menimcha, jizzaxliklarda imkoniyat kattaroq. Sababi, “So‘g‘diyona”ning hozirgi ruhiy holati yaxshi. Qolaversa, oldinda ketyapti. Ha, “Qo‘qon-1912” ham oxirgi uchrashuvlarda kerakli ochkolarni yig‘di. Orada pasayish bo‘lgandi, endi esa o‘ziga kelib oldi. Nazarimda, 55x45. Qo‘qonliklar menimcha himoyaviy tarzda to‘p surishadi, vaziyatni poylab o‘ynaydi. Shoshilinch o‘yin qilmasa kerak. “So‘g‘diyona” esa bekorga 2-o‘rinda emas.

kukon_5

“Turon” – “Surxon”

- Mana bu o‘yinda kurash jiddiy bo‘ladi. Agar “Surxon” g‘alaba qozonsa ishi ancha engillashadi va joyiga moslashadi. “Turon” yutsa Superligada qolish uchun ilashadi. Menimcha, imkoniyatlar 50x50. Lekin durang demagan bo‘lardim. Chunki durang ikkala jamoaga ham kerak emas. Bu uchrashuvda ikkala jamoadan kimdir siljishi kerak. Agar “Turon” bu uchrashuvda yutqazsa tamom, yana nechta tur qolyapti? Qiyin masalaga aylanib qoladi. Kuchlisi yutsin.

“Paxtakor” – “Qizilqum”

- Hozirgi vaziyatda qaraydigan bo‘lsak, teng holat deyishimiz mumkin. Ammo endi “Paxtakor” o‘z uyida yutmasa uyat bo‘ladi. Eski o‘yinlaridan parcha ko‘rish vaqti keldi. Hamma gap-so‘zlarni bir chetga surib, maydonda futbol o‘ynash kerak. “Qizilqum”da ham tajribali o‘yinchilar bor, jismoniy holati ham chakki emas. Nazarimda, imkoniyatlar 60x40.

paxtakor_1

17 oktyabr (yakshanba)

“Navbahor” – “Bunyodkor”

- Mana bu o‘yin ham qiziq bo‘ladi. Ikkala jamoaning kuchini teng, deb bilaman. Agar “Navbahor” o‘z maydonida muxlislaridan kuch olib o‘yinni kuchaytirmasa, bahs teng darajada o‘tishi mumkin. “Bunyodkor” to‘p bilan chiroyli harakat qiladi. Asosiysi, ular faqat oldinga qarab o‘ynaydi. “Nasaf”, AGMK kabi jamoalarning har bir pasi oldiga qaratilgan. “Navbahor” o‘z uyida o‘ynayapti. “Bunyodkor” safarda bo‘lsa ham uning o‘z uslubi bor. Imkoniyatlar 50x50 bo‘lsa kerak. Qaysi biriga omad kelsa, o‘sha jamoa yutadi.

bunik2_2

“Lokomotiv” – “Andijon”

- “Andijon”ga qarasak, ular oxirgi o‘yinlardan so‘ng, ruhiy holatini ko‘tardi. Bitta g‘alaba va ikkita durang o‘ynadi. Baribir yaxshimi-yomonmi, ozgina natija ko‘ringandek bo‘lyapti. “Andijon” o‘zining imkoniyatini poylab o‘ynaydi, vaziyatdan kelib chiqib. Bu mening fikrim, qanday o‘ynash kerakligini o‘zlari biladi. Ammo safarda ular hujumkor o‘yin ko‘rsatmasa kerak. Bunga kuchi ham etmaydi. Vaziyatni kutadi. Viktor Kumikovni bilamiz. Bunday o‘yinlarda jamoani himoyaga moslashtiradi. “Lokomotiv” hujumkor jamoalardan bittasi. “Andijon”ga ham ochko kerak. Himoyadan o‘ynagan holda g‘alaba yoki durang uchun imkoniyatni qidiradilar. Gol o‘tkazmasa durangni ushlashga harakat qiladi. Chunki durang ular uchun yomon emas-da!   

loko_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!