Superliga. "Vodiy derbisi"da "Neftchi" "Andijon"ni ishonchli hisobda taslim etdi

  • 9 may, 19:55
  • Bilolbek Imomov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Ushbu tur doirasida "Andijon" o‘z uyida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Farrux Sayfiev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Jamshid Iskanderov oradagi farqni 2 taga etkazib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. 
 
Mazkur to‘qnashuvdan so‘ng "yo‘lbarslar" ochkolar sonini 15 taga etkazib olib, "Bunyodkor" va "Dinamo" bilan tenglashib oldi. "Burgutlar" esa 9 ochko bilan turnir jadvalining 12-o‘rinida qoldi.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

Andijan

Tugadi
0 : 2

09.05.2025 18:00

Tecno

Neftchi

  • Farrukh Sayfiev 11'
  • Jamshid Iskandarov 59'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Одижон Таджибаев
09/05/2025 22:05
Андижон качон галаба булади ?
&
Адхамжон Низомов
09/05/2025 20:50
Олг,Буюк чинорлар.Кейинги уйинларда хам факат галаба кутиб коламиз.