
Superliga. "Surxon" - "Bunyodkor": Jamoalar durang o‘ynamagan!
Bugun Superliga 19-turi doirasidagi "Surxon" - "Bunyodkor" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 19:30 da start oladi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlari tarixiga qaraydigan bo‘lsak, ikkala klub bir-biriga 11 marta raqib bo‘lgan, ularning beshtasida "uchar tulporlar", qolgan 6 bahsda "qaldirg‘ochlar"ning qo‘li baland kelgan. Durang o‘yinlar yo‘q. "Surxon" 12 bora gol urgan bo‘lsa, toshkentliklar 18 marta darvozani ishg‘iol etgan.
Termizliklarning eng yirik g‘alabasi 2:0, "Bunyodkor" esa 5:1 hisobida eng yirik g‘alabani qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv bugun soat 19:30da "Dinamo" stadionida start oladi.
Fikrlar