Superliga. Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi

  • 11 oktabr, 14:27
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniq bo‘ldi. UzPFL rasmiy sahifasi orqali Lyupcho Doriev ushbu sovringa ega chiqqanligi haqida xabar berdi. 

Tecno

"So‘g‘diyona" vingeri o‘tgan oyda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, 2 ta assist amalga oshirdi. 

Doriev ushbu mavsum chempionatda to‘purarlik poygasida ham ishtirok etmoqda. Uning gollari soni 13 tani tashkil qilib, Husayn Norchaev bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Peshqadam esa Igor Sergeev (16 ta gol).

Ma’lumot uchun, Lyupcho mazkur sovrin uchun kurashda Sharof Muhitdinov, Vladimir Nazarov, Muhammadanas Hasanov va Dominik Begichnini yutib chiqdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!