Superliga. Samarqandda o‘tkazilgan dramatik uchrashuvdan fotogalereya

  • 8 iyul, 11:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" klublari ishtirokidagi bellashuv bo‘lib o‘tdi va unda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. 
 
Dastlab uchrashuvning 16-daqiqasida Alibek Davronov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Anvarjon Hojimirzaev oradagi farqni yo‘qqa chiqarib, hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida Marko Stanoevich penaltidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasida esa Akmal Mazgovoy hisobni tenglashtirib, jamoasiga 1 ochkoni taqdim etdi. 
 
Ushbu uchrashuvdan so‘ng samarqandliklar ochkolar sonini 29 taga etkazib olib, 2-o‘rinni mustahkamladi. "Ajdarlar" esa 33 ochko to‘plab, "Dinamo" bilan oradagi 4 ochkolik farqni saqlab qoldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!