
Superliga. "Nasaf" qoldirilgan uchrashuvda "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan qoldirilgan "Nasaf" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi.
Mazkur uchrashuvda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Husain Norchaev, Bahrom Abdurahimov va Alibek Davronov "ajdarlar"ning gollariga mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona golini Andrey Sidorov kiritdi.
Fikrlar