
Superliga. "Nasaf" AGMK darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritdi
Qarshidagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Humoyun Murtazoev (2 ta), Bobur Davlatov va Dilshod Saitovlar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa "ajdarlar" hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari esa 4 ochko bilan so‘nggi, 14-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar