
Superliga. "Metallurg" - "So‘g‘diyona": Jamoalar shu bugungacha 44 marotaba kuch sinashgan
Xabaringiz bor ertaga 8-mart sanasida Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "So‘g‘diyona" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
E’tiboringizga bo‘lajak uchrashuv oldidan xar ikkala jamoalarning o‘zaro uchrashuvlar tarixidan ma’lumot beramiz.
Jamoalar shu bugungacha 44 marotaba kuch sinashgan. "So‘g‘diyona" 18 uchrashuvda raqibni taslim etgan bo‘lsa, 9 o‘yinda kuchlar teng kelgan. Qolgan 17 uchrashuvda "Metallurg"ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 61-58 jizzaxliklar foydasiga.
"Metallurg" mezbonligida o‘tgan so‘ngi 5 uchrashuvlar:
Metallurg - So‘g‘diyona 3-1 30.08.2023
Metallurg - So‘g‘diyona 2-1 18.09.2022
Metallurg - So‘g‘diyona 0-2 05.05.2021
Metallurg - So‘g‘diyona 2-0 12.07.2020
Metallurg - So‘g‘diyona 0-1 18.10.2019
Eslatib o‘tamiz "Metallurg" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi ertaga soat 15:00 da OKMK stadionida start oladi.
Fikrlar