
Superliga. "Lokomotiv" o‘z maydonidagi ochilish o‘yinlarida qanday natija qayd etgan?
"Lokomotiv" bu mavsum dastlabki turni 3 mart kuni o‘z maydonida "Metallurg"ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 17:15 da start oladi.
2004 yildan beri O‘zbekiston Oliy ligasida ishtirok etib kelayotgan "Lokomotiv" bungacha 7 marta mavsumning ochilish o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazgan. Shu o‘yinlarning 5 tasida "Loko" g‘alaba qozonib, ikki bor mag‘lub bo‘lgan.
28.02.2020 "Lokomotiv" - "Andijon" 2:1
04.03.2013 "Lokomotiv" - "Buxoro" 5:1
13.03.2010 "Lokomotiv" - "Neftchi" 3:1
02.03.2007 "Lokomotiv" - "To‘palang" 1:0
11.03.2006 "Lokomotiv" - "Traktor" 1:2
20.03.2005 "Lokomotiv" - "Samarqand-Dinamo" 0:1
05.03.2004 "Lokomotiv" - "Samarqand-Dinamo" 4:0
Fikrlar