
Superliga klublari ko‘z tikayotgan - Exsoni Panshanbe "Zob Axan" bilan shartnomasini bekor qildi!
Tojikistonlik iqtidorli yarim himoyachi Exsoni Panshanbe to‘g‘risida oxirgi paytlarda turli yangiliklar yangray boshladi. Ayniqsa, unga O‘zbekiston klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani xususida ma’lumotlar bor.
Panshanbe shu yilning yozida “Navbahor”ni tark etib, Eronning “Zob Axan” klubiga ko‘chib o‘tgandi. Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning aniqlashicha, Exsonining “Zob Axan” bilan amaldagi shartnomasi ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, bekor qilindi. Yarim himoyachining eronliklar bilan yana 5 oylik shartnomasi qolgandi. Endi esa tojikistonlik futbolchi erkin agentga aylandi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, ushbu legionerga Superligamiz klublaridan aniq takliflar bor. Panshanbe yana O‘zbekistonga qaytadimi yoki boshqa chempionatga yo‘l oladimi? Tez orada barchasiga oydinlik kiritiladi.
Fikrlar