Superliga. "Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuviga "Jar" stadioni mezbonlik qiladi

  • 25 oktabr, 2023, 19:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 23-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "Neftchi" o‘yiniga "Jar" stadioni mezbonlik qiladi. Sababi ayni vaqtda "Bunyodkor" stadioni Parij-2024 olimpiya o‘yinlarining ayollar o‘rtasidagi saralash musobaqasiga mezbonlik qilishga taraddud ko‘rmoqda.

Tecno

Avvalroq saralash turniriga "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarini jalb etish rejalashtirilgandi. Biroq 23-turdan ham "Olimpik", ham "Bunyodkor" ishtirokidagi uy o‘yinlari joy olganidan kelib chiqib, O‘FA mazkur stadionlardan faqatgina bittasini tanlab oldi hamda "Bunyodkor" klubi bilan kelishuvga erishdi.

"Bunyodkor" — "Neftchi" o‘yini 28 oktyabr, shanba kuni 18:15 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!