Superliga. "Qo‘qon-1912" so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi

  • 11 may, 2022, 20:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Dastlab 19-daqiqada Anvar Xojimirzaev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 58-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Xurshid Muxtorov muvozanatni tikladi. So‘ng 90+4-daqiqada Javohir Siddiqov vodiyliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Mazkur natijadan so‘ng "Qo‘qon-1912" hisobidagi ochkolari sonini 9 taga etkazib oldi. Qo‘qon klubi hozircha jadvalning 9-pog‘onasidan joy egallagan. 

"Lokomotiv"ning ochkolari soni 9 taligicha qoldi. "Temiryo‘lchilar" ayni payt turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!