Superklub “Barsa”ga katta summa taklif qiladi

  • 21 noyabr, 2024, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda kutilmaganda “Barselona” etakchisiga aylangan Rafinya Diasning xaridorlari ko‘payib bormoqda.

Tecno

“Arsenal” braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga kirishdi. “Kanonirlar” kataloniyaliklar bilan bog‘lanib o‘z maqsadlarini ma’lum qilgan.

El Nacional nashrining ta’kidlashicha, londonliklar 27 yoshli hujumkor futbolchi uchun “Barselona”ga 90 million evrolik taklif tayyorlayapti.

Kataloniyaliklar bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchini 2022 yilning yozida “Lids”dan 58 million evroga xarid qilgan edi.

Joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qilib, o‘nta golli pas uzatgan legionerning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!