
Superhujumchi “Barsa”ga o‘tishga shoshilmayapti. Messi hayron!
“Barselona”dan shaxsiy shartnoma bo‘yicha taklif olgan Serxio Aguero bir qarorga kelishda shoshilayotgani yo‘q.
Ma’lumki, “Barselona” prezidentligiga saylangan Joan Laporta jamoa etakchisi Lionel Messini klub kuchaytirilishiga ishontirish va Kataloniyada qolishga ko‘ndirish uchun uning yaqin do‘sti Serxio Agueroni olib kelishga qaror qilgandi.
“Manchester Siti” bilan hamkorligi yakunlanayotgan argentinalik hujumchi bu borada o‘z fikrini bildirdi.
- Hamma ommaviy axborot vositalari meni “Barsa” bilan bog‘lab yozmoqda. To‘xtang! Keling, biroz sabr qilaylik, nimalar bo‘lishini keyin ko‘ramiz. Biz hali ham “Manchester Siti”damiz, - deb yozdi Serxio Aguero ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Jarohatlarini davolatish uchun ko‘p vaqt sarflagan hujumchi joriy mavsumda premer-ligada atigi ettita uchrashuvda maydonga tushdi va birorta gol urolmadi.
Fikrlar