Supergol urgan legionerimiz Son, Taremi kabi yulduzlar bilan so‘rovnomada ishtirok etmoqda

  • 29 sentabr, 2021, 17:16
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaxshi bilasiz, OFK rasmiy sayti muntazam ravishda haftaning eng yaxshi futbolchisini aniqlab keladi.

Tecno

Biz uchun muhimi, o‘zbek legionerlari ham mazkur jarayonda tez-tez ko‘rinish berib turadi. So‘nggi bor Eldor Shomurodov hamda Shahboz Umarov ishtirok etgan ushbu so‘rovnomada bu safar Shahzod Ubaydullaev g‘oliblik uchun kurashmoqda. Legionerimiz ichki birinchilikning 24-turidan o‘rin olgan "Vitebsk" bilan o‘yinda supergol muallifiga aylangandi.

"Shahzod Ubaydullaev ("Energetik-BGU", O‘zbekiston)

"Vitebsk" bilan o‘yinda 90 daqiqa, 1 gol, darvozaga 7 ta zarba, 2 ta uzatma.

So‘nggi yillarda Belarus chempionati Markaziy osiyolik futbolchilar uchun sevimli joylardan biriga aylandi. Bu hafta Belarus o‘zbekistonlik futbolchi Shahzod Ubaydullaevdan unutilmas akrobatik zarba qabul qilib oldi",-deya izoh qoldirdi qit’a miqyosidagi birinchi manba.

Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin:

https://www.the-afc.com/en/more/asian_icons/news/taremi_tomiyasu_son_and_kerr_vote_for_your_afc_international_player_of_the_week.html

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!