Superfutbolchi jamoadan o‘zboshimchalik bilan ketib qoldi

  • 30 iyul, 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nyukasl” to‘purari Aleksandr Isaak  mashg‘ulotlarda oyog‘ining son qismidan jarohat oldi.

Tecno

TBR Football nashrining ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi o‘zboshimchalik bilan klubning mashg‘ulotlar bazasini tark etgan.

Isaak bosh murabbiy Eddi Xauga bog‘lanib, uyida mustaqil tarzda shug‘ullanishini bildirgani aytilmoqda.

Aslida Aleksandr Isaak “Liverpul”dan taklif olgan. Biroq “qarg‘alar” o‘z etakchisini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti va xaridorlarni qaytarish uchun uning transferini 173 million evrodan boshlashini bildirgan.

Mersisaydliklar o‘z fikridan qaytgani yo‘q. Ular “Nyukasl”ni Isaakni 138 million evroga qo‘yib yuborishga ko‘ndirmoqchi.

Aleksandr Isaak “Nyukasl” tarkibida jami 109 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 62 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!