Super o‘rta vazn toifasida chempion bo‘lgan Isroil Madrimov avtomobil bilan taqdirlanadi

  • 14 mart, 2024, 14:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bir necha kun avval Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida Isroil Madrimovga rossiyalik Magomed Kurbonov (25-0, 13 KO) raqiblik qildi.

Tecno

Professional boksda o‘z yurishini davom ettirayotgan hamyurtimiz 12 raundga belgilangan jangning 5-raundida Kurbonovni nokautga uchratdi va super o‘rta vazn toifasida WBA kamari egasiga aylandi.

Bugun Madrimov yurtimizga qaytib keldi. Unga Prezident sovasi sifatida "Tahoe" avtomobili topshirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!