
Super kompyuter Benzemaga eng munosib o‘rinbosarni topib berdi
Marca nashri “Real” hujumchisi Karim Benzemaga eng munosib o‘rinbosar zamonaviy texnologiyalar asosida tanlangani haqida o‘tkazgan tadqiqoti natijalarini oshkor qildi.
Benzemaning o‘rnini bosa oladigan hujumchilarni Olocip sun’iy intellekti aniqlab berdi. Manbaning ta’kidlashicha, bu biror o‘yinchining aniq bir jamoada o‘ynay olishini aniq tahlil qilib beradigan yagona texnologiya hisoblanadi.
“Real” hujumchisi o‘rnini egallaydigan futbolchi 9-raqam ampluasida o‘ynaydigan va yoshi 21 gacha bo‘lganlar orasidan qidirildi. Nomzodlar 100 ballgacha bo‘lgan baholash tizimi orqali aniqlandi.
Unga ko‘ra, Benzemaning “Real”dagi o‘rnini to‘liq bosadigan futbolchi sifatida “Benfika” vakili Gonsalo Ramush qayd etildi. Sun’iy intellekt uni 92 ballga loyiq ko‘rdi. Keyin o‘rinda ijara asosida “Reyms” jamoasi sharafini himoya qilayotgan “Arsenal” vakili Florin Balogun egalladi. U 88 ochko to‘pladi. “Monpele” hujumchisi Ele Vai reytingda 80 ochko bilan uchinchi o‘rindan joy oldi.
Fikrlar