Sulsher: Ular bilan shartnoma uzaytirilmaydi

  • 8 yanvar, 2021, 22:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Darvozabon Serxio Romero va himoyachi Markos Roxo “Manchester Yunayted”dan ketadi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ma’lum qildi.

Tecno

“Futbolchilarning shartnomasi yozgacha imzolangan va ular uzaytirilmaydi. Biz ular uchun yangi jamoalar qidiryapmiz”, - dedi Sulsher.

Romero MYu safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U mankunianlar tarkibidagi so‘nggi uchrashuvini 10 avgust kuni Evropa ligasi doirasida “Kopengagen”ga (1:0) qarshi o‘tkazgan.

Roxo esa 2014 yildan buyon “qizil iblislar” sharafini himoya qilib kelmoqda. U MYudagi oxirgi o‘yinini 2019 yilning 10 noyabr kuni “Brayton”ga (3:1) qarshi o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!