Sulsher MYuda Moyesning "rekordi"ni takrorladi
"Manchester Yunayted" Angliya premer-ligasining joriy mavsumini juda yomon boshladi.
“Qizil iblislar” kecha o‘z maydonida “Arsenal”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa jadvalida 15-o‘ringa tushib ketdi. Ule Gunnar Sulsher jamoasi APLda mavsumning dastlabki 6 ta o‘yinida bor yo‘g‘i 7 ochko jamg‘ardi. Bu ser Aleks Fergyuson ketganidan so‘ng, MYudagi eng yomon natija bo‘ldi.
Bungacha, 2013/14 yilgi mavsumni Devid Moyes boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” ham xuddi shunday boshlagan edi.



Fikrlar