Sulsher markaziy bahsda uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 2 noyabr, 2020, 01:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi 7-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Arsenal" bahsi "kanonirlar"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Ole Gunnar Sulsher o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

"Yaxshi o‘ynar ekansiz, "gazdan istalgan payt oyog‘imni olishga ulguraman", deb o‘ylaysiz. Ammo yakunda bunday bo‘lmaydi. Bu yaxshi darajadagi raqibga qarshi muhim o‘yin edi. Ushbu bellashuvda g‘alaba qozonish uchun g‘oyatda aniq harakat qilish zarur edi. 

Yakkakurashda mag‘lub bo‘lsang, raqib qochib ketadi va sen fol ishlatasan. Biz juda og‘ir harakatlandik, ko‘plab uzatmalar o‘z manziliga etib bormadi. Futbolchilar o‘zlaridan talab qilingan o‘yinni namoyish eta olmadi. Biz o‘zimiz xohlagan natijaga erishish uchun munosib harakat qila olmadik", - dedi norvegiyalik mutaxassis. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!