
Sulsher: Donni debyut golini mening jamoamga urgandi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yangi shogirdi Donni Van de Bek haqida fikr bildirdi:
"U dastlabki golini men murabbiylik qilgan "Molde"ga urgandi. U markaziy himoyachilarimni dog‘da qoldirib, boshi bilan to‘pni darvozaga joylagan. Men o‘shanda uni eslab qolganman. Van der Sarga o‘sha paytlarda mana shunday yigitlarni qo‘ldan boy bermaslik haqida gapirardim. O‘shanda biz Amsterdamdan durang bilan qaytishga majbur bo‘lgandik", - deydi 47 yoshli mutaxassis.
"Molde" va "Ayaks"ning Evropa Ligasidagi to‘qnashuvi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan.
Fikrlar