Suhrob Berdiev: "Bu emotsiyalarni tushuntirib berishim qiyin"

  • 25 sentabr, 2023, 10:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” – “Navbahor” o‘rtasidagi o‘yinning 89-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan futbolchi Suhrob Berdiev hisob 1:1 bo‘lib turgan paytda 90+4-daqiqada ikkinchi golni chiroyli tarzda urib mezbonlarga o‘ta qimmatli g‘alabani taqdim etdi.

Tecno

Gol urganidan keyin Suhrob butun boshli jamoadoshlarining qurshovida qolib ketdi. Bu uchun uchun ham faoliyatidagi eng unutilmas lahzalar edi.  

- Avvalambor, muhim va unutilmas g‘alaba bilan tabriklayman! Uchrashuvdan keyingi taassurotlar qanaqa?

- G‘alaba har doim yoqimli bo‘lgan, ayniqsa, bu derbida yuz bersa! Bunday paytda 3\4 barobar ko‘proq xursandchilik bo‘ladi. O‘yindan keyin taassurotlar a’lo darajada. Bu emotsiyalarni tushuntirib berishim qiyin.

suhrob berdiev2_1

- Xomyakov matbuot anjumanida sizni oxirgi 8 daqiqaning haqiqiy qahramoni deb atadi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Qahramon bitta men emas. Butun jamoamiz va muxlislarimiz, hamma-hamma menhat qilgan insonlar qahramon desak, menimcha to‘g‘ri bo‘lsa kerak.

- Zaxiradan maydonga tushayotganingizda gol urishingizga qanchalik ishongandingiz?

- Har doim maydonga tushayotganimda albatta bor kuchim bilan harakat qilib, gol urish yoki golli uzatmani amalga oshirib bo‘lsa ham jamoam uchun foydali ish qilishni oldimga maqsad qilib qo‘yaman. Xudoga shukr, gol urish menga nasib qilgan ekan, bundan xursandman.

suhrob berdiev_1

- Zaxiradan maydonga tushayotganingizda murabbiyning sizga ko‘rsatmasi qanday edi?

- Jamoaga yordam berishim haqida ko‘rsatma bergan.

- Bu g‘alaba faoliyatingizda eng yoqimlisi?

- G‘alaba har doim yoqimli bo‘lgan. To‘g‘ri, bunisini eng yoqimlisi desam ham bo‘ladi.

- “Navbahor” siz kutgandek o‘yin namoyish qildimi yoki...

- “Navbahor” yaxshi jamoa. Biz kutgandek o‘ynadi. Shunga yarasha biz ham tayyorgarlik ko‘rgandik.

suhrob berdiev1_1

- Oxirgi marta qachon akrobatik tarzda gol urgandingiz yoki bu birinchisimi?

- Yo‘q, birinchisi emas. Lekin akrobatik goldan ham ko‘ra, muhimligida bo‘lsa kerak. Aynan bunisi muhimligi bilan ham esda qoladi, Xudo xohlasa.

- Bu g‘alabani kimga bag‘ishladingiz va nima uchun?

- Ushbu g‘alabamizni barcha muxlislarimizga, Andijon xalqiga, qolaversa, 28 sentyabrda men uchun eng qadrli bo‘lgan inson – dadamning tug‘ilgan kuni va shu munosabat bilan ularga ham bag‘ishladim. Har doim sog‘-salomat bo‘lsin, hamisha boshimizda shunaqa duo qilib yursinlar.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
25/09/2023 21:59
Сухроб уйин аввалидан майдонга тушишга харакат кил газди боссссссс.
&
Bek 56
25/09/2023 11:35
СУХРОБ Бердиевдан кегинги у'йинларда х,ам Андижон галабасига х,исса к,у'шишлигини тилаб к,оламиз
Абдухаликов Мухаммад
25/09/2023 10:45
"Андижон" га омад