Suares urugvaylik futbolchilarni to‘pladi

  • 17 aprel, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” yarim himoyachisi Lukas Torreyra ayni paytda ijara asosida “Atletiko” sharafini himoya qilmoqda. Bu futbolchi yaqinda jamoa yulduzi Luis Suares qilgan syurprizdan hayratga tushganini yashirmadi.

Tecno

- Tug‘ilgan kunimda bir o‘zim yolg‘iz va oilamdan uzoqda edim. Buni Suares bilardi. U meni o‘z uyiga taklif qildi va bazm uyushtirib, unga “Xetafe”dagi urugvaylik futbolchilarni ham chaqirdi. Bu oddiy, lekin insonni baxtli qiladigan tadbir edi, - deydi Lukas Torreyra.

25 yoshli Lukas joriy mavsumda madridliklar safida barcha turnirlarda yigirma uch marotaba maydonga tushdi va bitta gol urishga erishdi.

Luis Suares esa, “Atletiko”ning asosiy hujumchisi sifatida 26 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!