
Stiven Jerrard APLni tark etgan klub bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
"Lids" Stiven Jerrardni jamoa bosh murabbiyi sifatida olib kelmoqchi.
"Tovuslar" bosh direktori Angus Kinner "Aston Villa" va "Reynjers"ning sobiq bosh murabbiyiini o‘z klubida ko‘rmoqchi. Qayd etilishicha, mutaxassisning o‘zi "Lids"da ishlashdan manfaatdor.
Klub 2022/23 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Premer-ligada 19-o‘rinni egalladi va Chempionshipga tushib ketdi.
Fikrlar