
Sterling APL klubini yaxshi ko‘radi va bu "Man Siti" emas
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling o‘zining sobiq jamoasi "Liverpul" klubiga hamon iliq munosabatda ekanligini yashirib o‘tirmadi.
Instagram sahifasida 25 yoshli futbolchidan "bir kun "Liverpul"ga qaytish variantini ko‘rib chiqishga tayyormisiz," deb murojaat qilishdi.
"Ochig‘ini aytsam, men "Liverpul"ni yaxshi ko‘raman. Meni to‘g‘ri tushuning, "Liverpul" abadiy yuragimda qoladi. Bu klub men uchun juda ko‘p ishlar qildi, shuning uchun...," deb javob qaytardi Sterling.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yili Sterling "Liverpul"dan "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar