Stefanos Tsitsipas: Men Nadal bilan o‘ynamoqchi edim
Gretsiyalik Stefanos Tsitsipas Barselona musobaqasining yakkalik bahslari uchinchi davrasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Stefanos ushbu bosqichda germaniyalik tennischi Yan-Lennard Shtruffga 4:6, 6:3, 2:6 hisobida kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa Shtruffa "Barcelona Open Banc Sabadell" turnirining chorak finalida ispaniyalik Rafael Nadal bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.



Fikrlar