"Stanoevich hurmatga loyiq" yoxud "Quvayt SK" ustozi "Nasaf" bilan o‘yin oldidan Ivan Boshkovichni tilga oldi

  • 27 noyabr, 2024, 00:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

OChL 2 5-turi doirasida Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Quvaytning “Quvayt SK” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “Quvayt SK” bosh murabbiyi Neboysha Yovovich hamda futbolchi Xolid Al Xarqavai ishtirok etdilar.

- Dastlab “Nasaf” jamoasini milliy chempionatda qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan tabriklayman. Ular bunga munosib edi. Ertangi o‘yinga jamoamiz tayyor. Maqsadimiz chiroyli o‘yin namoyish etish. Ikkala jamoani o‘yin uslubi bir-biriga o‘xshash – ochiq o‘yin ko‘rsatishadi va hujumkor. Shuning uchun chiroyli uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Futbolchi: Ertangi uchrashuvga 100 foiz tayyormiz. Bu o‘yinga jiddiy e’tibor qaratyapmiz va uyga uch ochko bilan qaytamiz.

- Jamoa tarkibida yo‘qotishlar yo‘qmi?

- Savol uchun rahmat. Bunga to‘xtalib o‘tishni lozim topmagan bo‘lardim. Chunki ikkala jamoada ham tarkib bo‘yicha o‘ziga yarasha har xil muammolar bo‘lishi mumkin. Lekin Xolid aytganidek, butun jamoamiz ertangi uchrashuvga tayyor va uch ochkoni qo‘lga kiritish umididamiz. Xolid 17 yoshda, ammo asosiysi bu emas. Muhimi, o‘yinga bo‘lgan tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan ishonch.

- Ertanga jamoani muvaffaqiyatli o‘yini keyingi bosqichda qanday ijobiy ta’sir etadi?

- Bu xalqaro musobaqa, bu chempionlar ligasi. Guruhda qaysi o‘rin yoki qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar biz albatta g‘alaba qozonamiz. Asosiy maqsadimiz har keyingi uchrashuvda g‘alaba qozonish, bu qanday o‘yinligini farqi yo‘q. Muhimi, har bir o‘yinimizda muvaffaqiyatga erishish.

- “Nasaf” tarkibida qaysi futbolchilarni alohida ayta olasiz?

- Albatta, “Nasaf”ning o‘yinlarini kuzatib boraman. Bundan tashqari, O‘zbekistonda Bolqon davlatidan kelgan futbolchilar o‘ynashadi. Shuningdek, “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ivan Boshkovichni alohida aytishim mumkin. Montonegroda mening qo‘l ostimda o‘ynagan. O‘tgan yili Aziz Amonov va Abdulla Abdullaev mening qo‘l ostimda to‘p surishgan. Yana “Nasaf” to‘g‘risida bir qancha ma’lumotlar bor. Lekin alohida bir futbolchiga to‘xtalib o‘tmagan bo‘lardim. Chunki har bir futbolchi alohida hurmatga loyiq. Chunki ular ilk bor munosib tarzda chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Klub akademiyasi ham o‘ziga yarasha juda yaxshi va ajoyib futbolchilarni etishtirib beradi. Bundan tashqari, Marko Stanoevichni aytib o‘tishim mumkin. To‘g‘ri, u bu mavsum kamroq o‘ynayapti Ammo hurmatga loyiq. Alohida ajralib turadigan xislatlari bor va o‘ziga yarasha tajribaga ega. Yana bir bor “Nasaf” jamoasini chempionlik bilan tabriklayman.

- Jamoangiz safidagi legionerlarning o‘yinidan qoniqyapsizmi?

- Yodimdan ko‘tarilibdi, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdievni ham tabriklayman. Chempionlik “Nasaf” jamoasi uchun asosiy maqsad edi va bunga erishdi. Savolga keladigan bo‘lsak, professional futbolda xorijlik legionerlar mahalliy o‘yinchilardan ajralib turishi kerak. Bizdagi legioner futbolchilarning o‘yinidan qoniqyapman. Ular yuqori darajadagi o‘yinni namoyish etishmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!