
Srechko Katanets: "Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga to‘liq ishonaman"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets qur’a haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi, jamoalar teng. Safar e’tibori bilan O‘zbekistonga yaqin masofada joylashgan mamlakat jamoalari tushgani yaxshi bo‘ldi. Bugundanoq tayyorgarlikni boshlashimiz kerak.
Qatar bilan o‘yin haqida
— Qatar juda yaxshi jamoa, oxirgi Jahon kubogi ishtirokchisi, uzoq vaqtdan beri bir xil tarkibga ega. Ularni hurmat qilamiz. Biroq asosiy e’tibor fokus o‘zimizga qaratiladi. Muxlislardan oxirgi o‘yindagi kabi qo‘llab quvvatlashlarini so‘rayman. Ular bizni qo‘llasa albatta yaxshi natijaga erishamiz.
Jamoaga ishonch haqida
— Mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritishimizga to‘liq ishonaman, mag‘lubiyatsiz seriyada ketyapmiz. Futbolchilar jarohat olmasdan, o‘z klubida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlari juda muhim.
Fikrlar