SPORTS.uz talqini bo‘yicha Superliganing 9-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing

  • 22 may, 2019, 23:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor o‘tgan hafta Superligada 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu tur ham muxlislar bir-biridan qiziqarli va kutilmagan o‘yinlarga guvoh bo‘lishdi.

Tecno

SPORTS.uz portali ham o‘z talqini bo‘yicha ushbu o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatgan va jamoasiga foyda keltirgan futbolchilardan iborat tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Darvozabon: Milan Mitrovich (“So‘g‘diyona”).

“So‘g‘diyona” bu tur Olmaliqda turnir autsayderi hisoblangan AGMKga qarshi bahs olib bordi. Ushbu qarama-qarshilikda 0:2 hisobida jizzaxliklarning qo‘li baland keldi. Shu kuni mehmonlarning safarddan g‘alaba bilan qaytishiga darvozabon Milan Mitrovichning ham katta hissa qo‘shdi. 30 yoshli serbiyalik posbon shu kuni “konchilar”ning ketma-ket yo‘llagan xavfli zarbalarini bartaraf etdi, bir qator ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Eng muhimi o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

Himoyachilar: Akram Komilov (chap “Paxtakor”), Darko Stanoevich (markaz “Surxon”), Umar Eshmurodov (markaz “Nasaf”), Shahboz Jo‘rabekov (o‘ng “So‘g‘diyona”).

Peshqadam “Paxtakor” ushbu turda safarda “Andijon”ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu kuni “sherlar”larning qanot himoyachisi Akram Komilov “burgutlar”ga qarshi bahsda ishonchli o‘yin namoyish etdi. Ayniqsa, uning Jaloliddin Masharipov bilan uyushtirgan reydlari raqib jamoa futbolchilarini shoshirib qo‘ydi. Bir so‘z bilan aytganda u jamoasining vodiyda yirik hisobda g‘alaba qozonishiga munosib hissa qo‘shdi.

"Surxon" bu turda ham muxlislarini g‘alaba bilan xushnud qildi. Termizliklar  9-turda Navoiyda "Buxoro"ga qarshi bahs olib borishdi. Shu kuni “Surxon”ning serbiyalik himoyachisi Darko Stanoevis ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Bo‘ydor futbolchi nafaqat himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatdi, balki, penaltidan gol urib, jamosining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi ancha yosh tarkibga ega “Nasaf” bu tur ham o‘z maydonida o‘ynadi. Bu safar ularga “Qo‘qon-1912” jamosi raqiblik qildi. Qo‘qonliklarga qarshi o‘yinda “ajdarlar” 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani tantana qilishdi. Shu kuni mezbonlarning markaziy himoyachisi Umar Eshmurodov jamoadoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘la oldi. Uning ishonchli o‘yini sabab raqib jamoa futbolchilari imkonsiz qolishdi.

Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov  (chap “Paxtakor”), Kaxi Maxaradze  (markaz “So‘g‘diyona”), Lutfullo To‘raev  (markaz “Bunyodkor”), Oston O‘runov (o‘ng “Navbahor”).

Yuqorida aytib o‘tganimizdek ushbu tur “Paxtakor” safarda "Andijon”ni yirik hisobda engdi. Shu kuni “sherlar” tarkibida eng faol o‘ynagan futbolchilardan biri shubhasiz Jaloliddin Masharipov bo‘ldi. U ushbu o‘yinda andijonlik futbolchilarni deyarli ortiqcha qiyinchiliklarsiz, chiroyli driblinglar bilan dog‘da qoldirdi. Jamoadoshlariga ko‘plab vaziyatlar yaratib berdi.

“So‘g‘diyona” 9-turda Olmaliqda AGMKni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ulug‘bek Baqoev shogirdlarining g‘alabali seriyasi bu tur ham davom etdi. Shu kuni jizzaxliklarning gruziyalik futbolchisi Kaxi Maxaradze har tomonlama faol o‘yin namoyish etdi. Uning kiritgan goli esa jamoasining ishonchli hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi.

“Bunyodokr” bu tur hamshahari “Lokomotiv” maydoniga safar qildi. Toshkent derbisida esa hisob ochilmadi. Biroq, shunga qaramay ushbu bahsda “qaldirg‘ochlar” nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Ayniqsa, jamoaning markaziy chizig‘i ayni damda Superliganing eng kuchli markaziy chiziqlaridan birin desak xato bo‘lmaydi. “Temiryo‘lchilar”ga qarshi o‘yinda tajribali Lutfullo To‘raev yosh jamoadoshlariga o‘rnak bo‘la oldi. Shu bilan birga maydonda etakchlikni o‘z qo‘liga oldi. Garchi “Bunyodkor” shu kuni g‘alaba qozona olmagan bo‘lsada, ammo ular g‘alabaga haqli o‘yin namoyish etishdi.

Bu tur “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qilib nursiz durang qayd etdi. Biroq, shu kuni garchi “lochinlar” g‘alaba qozonishmagan bo‘lsalarda, jamoa markaziy chizig‘i vakili Oston O‘runov nisbatan maydonda ko‘proq ishni amalga oshirdi. Jamoadoshlariga gol urish uchun bir nechta qulay vaziyatlarni yaratib berdi.

Hujumchilar:  Humoyun Murtazoev ("Nasaf"), Abdulaziz Yusupov (“Surxon”)

"Paxtakor"ning bu tur “Andijon” ustidan 3:0 hisobida zafar quchganini bir necha bor ta’kidladik. Biroq, shu kuni o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlab, keyinchalik ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, dubl qayd etgan Marat Bikmaevni alohida e’tirof etish lozim. Aynan uning gollari “sherlar”ga yirik g‘alabani olib keldi.

Chempionatning eng yosh jamoasi - "Nasaf" bu turni o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazganini ham yuqorida aytib o‘tdik. Qiziqarli kechgan bahs 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi yakunlandi. Bir necha o‘yindan buyon raqiblari darvozasiga yo‘l topib kelayotgan “ajdarlar”ning yosh hujumchisi  Humoyun Murtazoev bu tur ham o‘zining golli seriyasini davom ettirdi.

“Surxon” ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Ularning Navoiydagi g‘alabasi esa ancha ishonchli bo‘ldi. Ular raqib darvozasiga naqd 3ta gol kiritishdi Ushbu urilgan gollarning 2tasiga termizliklar hujumchisi Abdulaziz Yusupov mualliflik qildi. Dubl qayd etgan futbolchini esa ramziy terma jamoamizga kiritishga qaror qildik.

Bosh murabbiy: Andrey Miklyaev (“Surxon”).

Turning eng yaxshi murabbiyi deb esa "Surxon" klubi ustozi Andrey Miklyaev ni tanladik. Uning jamoasi qatorasiga ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi va musobaqa jadvalida kuchli uchlikka qaytdi.

Darvozabon: Milan Mitrovich (“So‘g‘diyona”).

Himoyachilar: Akram Komilov (chap “Paxtakor”), Darko Stanoevich (markaz “Surxon”), Umar Eshmurodov (markaz “Nasaf”), Shahboz Jo‘rabekov (o‘ng “So‘g‘diyona”).

Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov  (chap “Paxtakor”), Kaxi Maxaradze (markaz “So‘g‘diyona”), Lutfullo To‘raev  (markaz “Bunyodkor”), Oston O‘runov (o‘ng “Navbahor”).

Hujumchilar:  Humoyun Murtazoev ("Nasaf"), Abdulaziz Yusupov (“Surxon”)

Bosh murabbiy: Andrey Miklyaev (“Surxon”).

tarkib

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Музаффар
24/05/2019 01:53
Холис тузилган, Навбахорга кейинги турда омад!!!
&
Gaffarov Muzaffar
23/05/2019 11:15
Tog'ri tuzilgan!!
Rasuljon Ahmadbaev
22/05/2019 23:56
????????????????