
"Sport": "Oltin to‘p"ni Messi qo‘lga kiritadi
Ikki haftadan keyin 2023 yilgi "Oltin to‘p" sohibi ma’lum bo‘ladi. Ayrim manbalar uni kim yutgani haqda xabar bermoqda.
"Sport" nashriga ko‘ra, Messi mazkur "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi. Bu orqali argentinalik yulduz faoliyatida davomida 8-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Messi Argentina bilan Jahon chempioni, PSJ safida esa Frantsiya chempionatida g‘olib bo‘ldi. Shu bilan birga, Qatardagi mundialning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Fikrlar