Sport kurashlari. Parij Olimpiadasiga yana bir litsenziya qo‘lga kiritildi!

CHERY AUTO

Yunon-rum kurashchimiz Aram Vardanyan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi. Sportchimiz ushbu natijaga Serbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida kuchli beshlikdan o‘rin olgani orqali erishdi.

Tecno

-77 kg vazn toifasida ishtirok etgan Vardanyan bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Nao Kusakaga imkoniyatni boy berdi. So‘ng Olimpiada yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Demeu Jadiraevga qarshi gilamga chiqdi. Ushbu bahs yurtdoshimizning g‘alabasi bilan yakunlandi va Aram 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchisiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!