Sport kurashlari. Islomjon Bahromov ham Parij Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

CHERY AUTO

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Serbiyada o‘tayotgan jahon chempionatida navbatdagi medal va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. -60 kg vazn toifasida kurash olib borgan Islomjon Bahromov ana shunday yutuqlar bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

Tecno

Hamyurtimiz o‘tish bosqichida gruziyalik Pridon Abuladzeni, bronza medali uchun bahsda esa eronlik Mehdi Muhsinnajodni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Shu tariqa, terma jamoamizning mazkur musobaqadagi medallari 2, Parij-2024 lisenziyalari esa 3 taga etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!