Sport kurashlari. Bugun 3 nafar hamyurtimiz litsenzion turnirda gilamga chiqadi

CHERY AUTO

Turkiya mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon litsenzion musobaqasining uchinchi kun bellashuvlari start olmoqda. Bugungi kun dasturida erkin kurash ustalari dastlabki bosqichdan bahslarga kirishishsa, ayollar kurashida so‘nggi yo‘llanmalar o‘ynaladi.

Tecno

Erkin kurashchilarimizdan bugun uch nafar polvonimiz gilamga chiqib, musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-65 kg: Umidjon Jalolov – Sujit Kalkal (Hindiston)
-97 kg: Magomed Ibragimov – Adlan Visxanov (Frantsiya)
-125 kg: Hasanboy Rahimov – Paris Karepi (Albaniya)

Eslatib o‘tamiz, kechagi bahslarda Shohida Ahmedova (-53 kg) hamda Laylo Sobirovani (-57 kg) mag‘lubiyatga uchratgan raqiblari finalgacha etib bordi. Shu bois endi hamyurtlarimiz dastlab bronza medali uchun, so‘ng uchinchi o‘rin egalari o‘rtasida hal etiladigan yagona litsenziya uchun kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!