“Spartak”: Xush kelibsan, Oston!

  • 5 avgust, 2020, 14:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Spartak” jamoasi rasmiy sahifasida o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning jamoaga o‘tgani haqida post qo‘yildi.

Tecno

Ushbu materialda “Spartak” Oston O‘runov transferi masalasida “Ufa” bilan barcha detallarni kelishib bo‘lgani va 19 yoshli o‘zbek futbolchisi klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagani yozilgan. Shartnoma muddati, transfer summasi va futbolchining shaxsiy kelishuviga oid  ma’lumotlar berilmadi.

Shuningdek, “Spartak” matbuot xizmati jamoa muxlislariga Oston O‘runov Namanganning “Navbahor” va Toshkentning “Lokomotiv” jamoalari safida milliy chempionatda umumiy hisobida 55 ta uchrashuv o‘tkazgani, o‘tgan yilning yozida O‘zbekiston milliy terma jamoasida debyutini nishonlagani, Rossiya premer-ligasida “Ufa” tarkibida hujumkor yarim himoyachi sifatida 10 uchrashuvda maydonga tushib, yuqori tezligi va ajoyib driblinglari bilan e’tibor qozongani  haqida ma’lum qilgan.

Oston O‘runov “Spartak”da Shyurrledan qolgan 20-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.

Rasman! O‘runov "Spartak" bilan shartnoma imzoladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Рузиметов
05/08/2020 14:41
Молодец омадини берсин
Abduvakhob Mutalipov
05/08/2020 16:35
Alloh martabasini bundanda ziyoda qilsin.
Abduvakhob Mutalipov
05/08/2020 16:35
Alloh martabasini bundanda ziyoda qilsin.
Vohid Shabaev
05/08/2020 14:53
Гурурланиб кетдим. Субханоллох!