
"Spartak" rahbariyati O‘runovga ishonmayotgan murabbiy bilan shartnomani bekor qilmoqchi
"Spartak" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Domeniko Tedesko bilan amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilishi mumkin.
"Sport-Ekspress" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Moskva grandining direktorlar kengashi tez orada 35 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan kelishuvni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqadi. Gap shundaki, Tadesko “Spartak” bilan mavsum oxirida yakunlanadigan amaldagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Shu bois, klub rahbariyati jamoaga yangi murabbiy qidirishi lozim.
“Spartak” ortda qolgan 19 turdan so‘ng, RPL musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam “Zenit”dan 6 ochko ortda qolmoqda.
"Spartak" safida hamyurtimiz Oston O‘runov ham to‘p suradi. Ammo u joriy mavsum bor yo‘g‘i 8 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar