"Spartak" "Lester" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

  • 4 avgust, 2020, 14:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lester" klubi yarim himoyachisi Adrien Silva faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Vyacheslav Korotkinning xabar berishicha, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi "Spartak"ning e’tibor markaziga tushgan. Ammo, ushbu transfer amalga oshmay qolishi mumkin. Boisi, skautlar rus klubiga Silva bo‘yicha ijobiy ma’lumotlar taqdim etmagan.

Ma’lumot uchun, Adrien Silva so‘nggi 1,5 mavsumni “Monako” safida ijarada o‘tkazdi va 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi esa 8 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!