“Spartak” bosh direktori O‘runov qaerda to‘p tepishini aytdi!

  • 12 iyul, 2021, 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” klubi rahbariyatining o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov bo‘yicha rejalari tobora oydinlanib bormoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Moskva klubi xo‘jayinlari birinchi navbatda 20 yoshli yarim himoyachini to‘liq sotib yuborish yoki ijaraga jo‘natishni maqsad qilgan va bu borada muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Qishki va yozgi transferlar vaqtida O‘runovga “Rubin” va “Ufa” xaridor bo‘lib, transfer summasi bo‘yicha kelisha olmaganidan xabaringiz bor.

Yaqinda hamyurtimizga “Ferentsvarosh” shartnoma taklif qildi, biroq Oston bu chorlovni qabul qilmadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘runov Vengriyaning eng mashhur klubiga maosh tufayli o‘tmagani aytilmoqda. Bu holatda ko‘pchilik yosh futbolchi uchun birinchi navbatda o‘yin amaliyoti zarur, pulning miqdoriga qarash kerak emas, degan fikrlarni ilgari surmoqda. Bir tomondan bu to‘g‘ri. Lekin bizningcha, bu vaziyatda qarorni  O‘runovning bir o‘zi qabul qilmaydi. Uning manfaatlarini himoya qiladigan agentlar ham transferga ko‘nganidan keyin so‘nggi qaror beriladi. Ya’ni, bu faqatgina legionerimizning xohish-istagiga bog‘liq jarayon emas.

193854_m

“Spartak” rahbariyati O‘runovdan tezroq qutilishga harakat qilayotgani bilan hozircha unga talabgor yoki xaridor chiqmayapti. Oston “Spartak”da kam maosh olmaydi, shu bois uni ishsiz qoldirib ham bo‘lmaydi. Jurnalistlar aynan shu masalaga e’tibor qaratib, O‘runovning kelajagi haqida “Spartak” bosh direktori Evgeniy Melejikovga savol berishdi.

- Rossiya Milliy futbol ligasida o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazish jarayoni hali davom etmoqda. Yuridik bo‘lim hujjatlarni taqdim qilyapti. Agar yozgi transferlar vaqtida Oston O‘runov bo‘yicha boshqa klublardan taklif bo‘lmasa, u ikkinchi jamoa uchun ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Asosiy tarkibda uning xizmatlariga ehtiyoj yo‘q, - dedi “Spartak” bosh direktori Evgeniy Melejikov.

Avvalroq, Oston O‘runov yangi bosh murabbiy Ruy Vitoriya tashkil qilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb qilinmagani, “Spartak”ning ikkala jamoasi uchun qaydnomadan o‘tkazilmagani va klubning rasmiy saytidagi profili o‘chirib yuborilgani bois ko‘pchilik o‘zbek legionerining poytaxt jamoasidan ketganini taxmin qilgandi.

rue44477c5f91.36

Keyinroq, Ruy Vitoriya asosiy e’tiborini boshqa o‘yinchilarga qaratayotgani tufayli O‘runovni mashg‘ulotlarga chaqirmagani va futbolchi jarohatlarini davolash bilan band ekanini ta’kidlagan bo‘lsa, klubning rivojlanish va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Anton Fesitov o‘yinchining profili texnik xato tufayli o‘chib ketganini va Oston O‘runov hamon “Spartak” a’zosi ekanini ta’kidladi.

Darhaqiqat, Oston O‘runov “Spartak” bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan ko‘p yillik shartnomaga ega. U shu kunga qadar “spartakchilar” safida premer-liga va mamlakat kubogida to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, bitta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Yakunlangan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida “Ufa”da o‘tkazib, o‘n marta maydonga tushdi va bitta golli pas uzatdi.  

large

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, Oston O‘runov jamoasiz qolmaydi. Agar uning xizmatlariga boshqa klublardan taklif bo‘lmasa, “Spartak-2” jamoasi safida Milliy futbol ligasida o‘ynab turadi. Bu pallada eng muhim masala futbolchimizning doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishidadir.

Eslatib o‘tamiz, Milliy futbol ligasida yana ikki nafar hamyurtimiz to‘p tepmoqda. Vagiz Galiulin “Nefteximik” futbolchilariga sardorlik qilayotgan bo‘lsa, Vitaliy Denisov “Baltika” sharafini himoya qila boshladi.

Kuchli beshlik transferlarida Shomurodov nomi porlay boshladi!

O‘runov “yo‘qolib” qoldi!

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Portugaliyalik bosh murabbiy O‘runovga baho berdi!

Legionerlarimiz premer-liga sari yurishni boshlaydi!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

Abramov ishonch bildirmagan to‘purar legionerimizni Evropaga sotishmoqchi!

Oston O‘runov Evropa jamoasi taklifini rad etdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!