
"So‘g‘diyona" o‘z maydonida g‘alabani qo‘ldan chiqardi
O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan «So‘g‘diyona» - «Mash’al» uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Jasur Hasanov jarimani qoyilmaqom ijro etib, hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shohruz Norxonov penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni oshirdi. Mehmonlar safida Samuel Chigozie hisobni qisqartirgan bo‘lsa, Chermel o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Shunday qilib, «So‘g‘diyona» ochkolari sonini 12 taga etkazdi va 2-o‘rinni mustahkamladi. Muborakliklar hisobida 5 ochko mavjud.
Fikrlar