
"So‘g‘diyona" o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bilasiz FIFA kunlari sababli Superliga uchrashuvlarida tanaffus yuzaga keldi. "So‘g‘diyona" yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida markaziy stadionda Jizzaxning yana bir klubi birinchi liga vakili "Jizzax" jamoasi bilan nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda “So‘g‘diyona” yirik 4:1 hisobda g‘alaba qozondi.
Gollarni “So‘g‘diyona”dan Samandar Mavlonqulov (dubl), Samandar Sindarov, Ulug‘bek Kenjaev va “Jizzax”Dan Sanjar Rashidov (pen) kiritishdi.
“So‘g‘diyona” matbuot xizmati.
Fikrlar