
"So‘g‘diyona" futbolchisi endi "Navbahor" sharafini himoya qiladi
“Navbahor” klubi bugun Stanislav Andreev, Islom Kenjaboev, Nurillo To‘xtasinov va Elguja Grigalashvilidan keyin yana bir transferni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘tgan mavsumni “So‘g‘diyona”da o‘tkazgan yarim himoyachi Jamshid Boltaboev shartnoma tuzdi va endi namanganliklar sharafini himoya qiladi.
"Boltaboev 1996 yil, 3 oktyabr kuni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida tug‘ilgan. Jamshid futboldagi faoliyatini 2014 yili Toshkentning “Paxtakor” klubida boshlagan va poytaxtliklar tarkibida 2018 yil yakunigacha to‘p tepgan.
Futbolchi 2019 yilni mavsumni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida boshlab, jizzaxliklar tarkibida 2021 yil yakunigacha o‘ynadi.
Shuningdek, Boltaboev O‘zbekiston U-17 hamda U-23 jamoalarida ham muvaffaqiyatli to‘p tepgan”, - deya xabar bermoqda, “Navbahor” matbuot xizmati.
Fikrlar