
Sofiya Gran-prisi. Osipova nimchorak finalda to‘xtadi
Bolgariyada taekvondo bo‘yicha Sofiya-2019 gran-prisining ikkinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Bundan biroz avval Svetlana Osipova nimchorak finalda musobaqada 1-raqamda saralangan britaniyalik Byanka Uolkdenga qarshi jang qildi. Qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Osipovaga ozgina omad etishmay qoldi - 13:14.
Bundan oldin hamyurtimiz 1/16 finalda avstriyalik Marine Yaxlni 6:2 hisobida enggan edi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar