
Sofiya Gran-prisi. Charos Qayumova birinchi bosqichda mag‘lub bo‘ldi
Bugun Bolgariyada taekvondo bo‘yicha Sofiya-2019 gran-prisi start oldi.
Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik olti nafar taekvondochi ishtirok etishidan xabaringiz bor. Gran-prining ilk kunida hamyurtimiz Charos Qayumova dayanga chiqdi.
Qayumova 1/16 finalda rossiyalik Tatyana Kudashovaga qarshi jang qildi. Afsuski bahsda Charos 20:33 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ta’kidlash lozimki, rossiyalik taekvondochi ushbu musobaqada 4-raqamda saralangan, hamyurtimiz esa faoliyatida ilk bor Jahon Gran-prisida qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, Sofiyadagi Gran-prida Dmitriy Shokin, Nikita Rafalovich, Nigora Tursunqulova, Svetlana Osipova va Madinabonu Mannopova ham ishtirok etishadi.
Fikrlar