Sobiq "Barselona" futbolchisi klubga qaytishi mumkin

  • 31 iyul, 2023, 20:57
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Aleksis Sanches ayni paytda klubsiz yuribdi. U klubga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda insayder Xosep Kapdevila. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Sanchesning agenti ayni paytda Kataloniyada bo‘lib turibdi. U Dembelega o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Aleksis 2011-2014 yillarda "Barsa" safida to‘p tepgan. Uning ushbu yozda "Marsel" bilan shartnomasi o‘z yakuniga etdi va erkin agentga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!