
Slot: Keyingi yillarda barcha sovrinlar uchun kurashamiz
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining kuchaytirilishi borasida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi futbolchilarni jalb qilish ishlari allaqachon yashirin tarzda olib borilmoqda.
"Hozir biz tarkibni yozgi transfer oynasida kuchaytirish ustida yashirin ravishda ishlayapmiz. Bu esa kelgusi yillarda barcha mumkin bo‘lgan sovrinlar uchun kurashish imkonini beradi", — dedi Slot BBC nashriga.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" joriy mavsumda Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi yakunida birinchi o‘rinni egallab turibdi. APLda jamoaning "Arsenal"dan olti ochko farqi bor, shuningdek, "qizillar" hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.
Fikrlar