Slavche Voyneski: "Ertaga bizni kuchli jamoaga qarshi keskin o‘yin kutib turibdi"

  • 13 aprel, 2022, 18:16
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Paxtakor" ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turida "Duxayl"ga qarshi maydonga tushadi. "Paxtakor" bosh murabbiyi Slavche Voyneski va yarim himoyachi Sardor Rashidov o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

Murabbiy: - Ertaga bizni kuchli jamoaga qarshi keskin o‘yin kutib turibdi, deb o‘ylayman. "Duxayl" hujumkor futbol o‘ynashga intiladigan va himoyada ham yaxshi o‘ynaydigan jamoa. Bu bellashuvda kamroq xato qilgan taraf yutib ketadi. Raqib tarkibida individual kuchli futbolchilar ham etarlicha.

Birinchi va ikkinchi o‘yinlar o‘rtasidagi asosiy farq sharoitlarga yaxshiroq moslashib olganimizda bo‘ldi. Bu erga chempionatdagi qiyin bahsdan keyin keldik, uchinchi kuni maydonga tushdik va o‘shanda ikkinchi bo‘limda jismonan toliqqanimiz sezilib qoldi. "Sepaxon" bilan birinchi bo‘limda yomon o‘ynamagandik. Ikkinchi bellashuvga esa sharoitlarga moslashgan holda tayyorlandik, juda yaxshi o‘yin o‘tkazdik.

Har 3-4 kunda o‘ynash qiyin. Qolaversa, Toshkentdagi muxlislarimiz ham chempionlar ligasi bahsini ko‘rishlarini istagan bo‘lardim. Uyda o‘ynaganda muhit baribir boshqacha bo‘ladi.

Futbolchi: - Bizni guruhdagi eng kuchli jamoaga qarshi qiziqarli o‘yin kutmoqda. Ertaga yaxshi futbol ko‘rsatish uchun maydonda borimizni beramiz va muxlislarimizga g‘alaba tortiq etish uchun maksimal harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
13/04/2022 20:32
Pahtakor uynasa bemolol soladi. raqibi unchalik kuchli emas. ekan masalan kubik uyiniga AlSadd yutkan ekan uyinni kurdim omad gena yutkan ekan. chunki uzini chempionatiga Al Sadd 1 urunga ekan. Al.Sadd ancha kuchli. uynagan kubik fenaliga ham. chempionatka ham Al Sadd hamma raqiblarini katta shotka yutkan ekan. Pahtakor shans kuproq guruhdan chiqish uchun. Guruhi kamandala unchalik kuchli emas ekan.