
“Siti”ga superyulduz keladi
Xosep Gvardiola oxirgi yarim yil ichida jamoaga o‘nga yaqin yangi ijrochilarni qo‘shib oldi. Abduqodir Husanovning kelishi bilan boshlangan transfer siyosati asosan iqtidorli yoshlarni olishga qaratilgan edi. Shu bilan bir qatorda Xosep Gvardiola superyulduz darajasidagi o‘yinchilar transferiga ham qarshi emas.
Manchesterga kelishi kutilayotgan ana shunday mashhurlardan biri “Real” hujumchisi Rodrigo Goesdir.
Taniqli insayder Nikolo Skira braziliyalik futbolchining “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Rodrigo bilan muzokara o‘tkazgan va unga besh yillik shartnoma taklif qilgan.
Endi ko‘p narsa 24 yoshli futbolchining yakuniy qaroriga bog‘liq. Agar Rodrigo Madriddan ketishga rozilik bersa, “Manchester Siti” mutasaddilari bu transfer uchun “Real”ga 100 million evro atrofida mablag‘ ajratishga tayyor.
Fikrlar