
"Siti"ga aynan mana shu to‘purar kerak
“Manchester Siti”ning eng og‘riqli nuqtasi hujum chizig‘i bo‘lib qoldi. “Shaharliklar” yozgi transferlar davri davomida Harri Keyn uchun kurashib, oxir-oqibat “Tottenxem”ni to‘purarni qo‘yib yuborishga ko‘ndira olmadi.
Kuchli hujumchiga ehtiyoj sezayotgan Xosep Gvardiola o‘ziga kerakli futbolchini Ispaniya chempionatidan topdi. Ispaniyalik murabbiy klub rahbariyatidan “Real Sosedad” etakchisi Mikel Oyarsabalni olib kelishni talab qilmoqda.
24 yoshli futbolchining klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davob etadi.
Oyarsabal Ispaniya terma jamoasida ham ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgani bois, uning transfer narxi ko‘tarilib bormoqda. “Manchester Siti” bu futbolchini olish uchun 75 million evro miqdorida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.
Oyarsabal joriy mavsumda oltita uchrashuvda beshta gol urdi.
Fikrlar