
"Siti" yozda Mahrez va Sterlingni sotadimi?
“Manchester Siti” joriy yozgi transferlar davrida 2 nafar hujumkor futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Sportsmail xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati Riyod Mahrez va Rahim Sterling masalasida bildiriladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. “Siti” ushbu ikki futbolchi o‘rniga Jek Grilish va Xarri Keynni olib kelmoqchi.
Sterling joriy mavsum premer-ligada jami 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Maxrez APLda 27 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 9 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar