“Siti” Messi kutmagan taklifni berdi

  • 21 fevral, 2021, 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” etakchisi Lionel Messi faoliyatini qaerda davom ettirishi hamon mavhumligicha qolmoqda.

Tecno

“Manchester Siti” argentinalik futbolchiga ikkinchi taklifni tayyorladi. “Shaharliklar” yozda “Barsa” etakchisiga umumiy summasi 600 million funt bo‘lgan besh yillik shartnoma bergan edi. Biroq, Kataloniya klubining o‘sha paytdagi prezidenti Xosep Bartomeu futbolchining ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

Bu gal “Manchester Siti” o‘sha shartlarni takrorladi. Unga ko‘ra, 34 yoshli hujumchi ikki-uch mavsum “Siti” sharafini himoya qiladi va keyin AQShning “Nyu-York Siti” jamoasiga ko‘chib o‘tadi. Keyinchalik CityFootball Group kompaniyasining rasmiy vakili sifatida ishni davom ettirishi ham mumkin.

Qizig‘i shundaki, ikkinchi taklifda Messiga to‘lanadigan mablag‘ uch karra pasaytirilgan. Agar futbolchi “Siti”ga o‘tishga ko‘nsa, mazkur bitim bo‘yicha besh yilda 170 million funtga ega bo‘ladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!